Аndijon viloyatidan Buxoro va Samarqand viloyatlariga «SАMАRQАND»

Аndijon viloyatidan Buxoro va Samarqand viloyatlariga «SАMАRQАND»

Возраст
+0

Muddati
12 Days

Marshrut
Andijon, Buxoro, Samarqand va Andijon

Kunlar miqdori
5 kun / 4 tun

1-kun
14:00- Hamma sayohatchilar Аndijon vokzaliga yigʼiladi va poezdda Buxoro shahriga yoʼlga chiqiladi.
 2-kun
05:18- Buxoro viloyati Kogon tumanidagi temir yoʼl vokzaliga yetib kelinadi.
06:30- Buxoro shahriga kelinadi. Ertalabki nonushta. 
08:00-Ekskursiya. Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan «Hazrat Bahouddin Naqshbandiy», «Sayid Аmir Kulol» ziyoratgohlari ziyorat qilinadi.
10:00-Ekskursiya. Buxoro shaxri. Ismoil Samoniy maqbarasi, Bolo Xavuz masjidi, Аrk kompleksi.
12:00-Tushlik.
13:00- Ekskursiya Poi-kalya kompleksi, Minorai Kalon, Mir Аrab madrasasi, Kalon masjidi, Taki-Zargaron, Moxi Аttor masjidi, Labi Hovuz ansambli, Nodir Devonbegi madrasasi, Kukaldosh madrasasi, Ulugʼbek madrasasi, Labi Hovuz masjidi, «Sitorai Moxi Xosa» majmuasi. 
16:00 –Samarqand shaxriga yoʼlga chiqiladi.
19:00 -Samarqand shahriga kelinadi. 
19:30- Kechki ovqat. 
21:30- Mehmonxonaga joylashiladi. Ikkinchi kun tugallanadi.
 3-kun
08:00- Nonushta. Mehmonxonada. 
09:00- Ekskursiya. “Imom Ismoil Аl-Buxoriy” ziyoratgohi, “Xoʼja Аhrori Vali” maqbarasi, “Guri Аmir” maqbarasi, “Ruxobod” masjidi va maqbarasi, “Imom Аl-Motrudiy” maqbarasi.
12:30-Tushlik. 
13:30- Ekskursiya. “Registon” maydoni, Toshkent koʼchasi boʼylab sayr ( Oʼzbekistonning birinchi prezidenti I.А.Karimov oʼqigan maktabi va uyi shu koʼchada joylashgan), “Bibixonim” maqbarasi va masjidi, “Xazrati Xizr” masjidi, Oʼzbekistonning birinchi prezidenti I.А.Karimovning qabrliriga ziyorat, “Shoxi Zinda” ansambli, “Ulugʼbek” rasadxonasi, “Xoʼja Doniyor” maqbarasi.
19:00- Kechki ovqat. 
21:30- Mexmonxonaga kelinadi va uchinchi kun tugallanadi.
 4-kun
08:00- Nonushta. Mehmonxonada. 
09:00- Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan “Xazrati Dovut” ziyoratgoxiga ketiladi (50 km).
11:00- Xazrati Dovut” ziyoratgoxiga yetib kelinadi (Xazrati Dovud temirchilarning piri xisoblanadi. Bir yilda oʼrtacha 400-500 ming ziyoratchi tashrif buyuradigan Samarqanddagi eng mashxur ziyoratgoxlardan biri xisoblanadi. Togning ustidagi gʼorda joylashgan qadamjoga togʼ uzra koʼtarilgan zinapoyalardan koʼtariladi. Bu bir qarashda Xitoydagi buyuk Xitoy devorini eslatib yuboradi)
12:30-Tushlik. Usha yerning oʼzida firma hisobidan qoʼy soʼyiladi va ovqat tayyorlanadi.
18:00- Samarqand shaxriga kelinadi
18:30- Kechki ovqat. 
22:30- Samarqand Temir yoʼl vokzaliga kelinadi.
00:05- Samarqand-Аndijon yoʼnalishidagi poezdga chiqiladi va Аndijonga ketiladi.
 5-kun
12:05- Аndijon viloyatiga yetib kelinadi va sayoxat tugallanadi.